Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning qaysi hududlarida 100 yoshli pensiya va nafaqa oluvchilar ko‘pligi ma’lum qilindi

A A A
O‘zbekistonning qaysi hududlarida 100 yoshli pensiya va nafaqa oluvchilar ko‘pligi ma’lum qilindi

2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda pensiya va nafaqa olayotgan 100 yoshga to‘lgan va undan oshganlar 514 nafarni tashkil etgan. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Respublikada pensiya va nafaqa olayotgan 100 va undan yuqori yoshdagilarning 110 nafari (21,4 foiz) erkaklar, 404 nafari (78,6 foiz) ayol hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan 2023 yilda jami 147 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar 100 yoshga to‘lgan. Ularning 32 nafari (21,7 foiz) erkaklar, 115 nafari (78,3 foiz) ayollar bo‘lgan.

Yoshi 100 va undan oshgan pensioner va nafaqa oluvchilar Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p – 92 nafar, Sirdaryo viloyatida eng kam – 11 nafar.

Qolgan hududlar:

  • Surxondaryo viloyatida – 71 nafar;
  • Andijon viloyatida – 48 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida – 45 nafar;
  • Toshkent viloyatida – 41 nafar;
  • Samarqand viloyatida – 36 nafar;
  • Buxoro viloyatida – 35 nafar
  • Namangan viloyatida – 33 nafar;
  • Xorazm viloyatida – 28 nafar;
  • Toshkent shahrida – 26 nafar;
  • Jizzax viloyatida – 16 nafar;
  • Navoiy viloyatida – 13 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda – 21 nafar 100 yoshli va undan yuqori yoshdagi pensiya va nafaqa oluvchilar istiqomat qiladi.
Kiritildi: 12:17 15.03.2024. O'qildi: 1711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!