Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 34,4 mlrd dollarni tashkil qildi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 34,4 mlrd dollarni tashkil qildi

Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangiladi.

2023 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 34,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2023 yil 1 may holatiga ko‘ra, 35,2 mlrd dollar bo‘lgan.

Hisobot davrida oltinning fizik hajmi 12,2 mln troya unsiyadan 11,9 mln troya unsiyaga, qiymati esa 24,2 mlrd dollardan 23,2 mlrd dollarga pasaygan.

Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari 9,9 mlrd dollardan 10,1 mlrd dollarga oshgan.

Kiritildi: 19:29 08.06.2023. O'qildi: 1613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!