Yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi $982,9 mln.ga yetdi, bu umumiy tashqi savdo hajmining 9,9%ini tashkil etadi.
➡️Eksport hajmi $320,1 mln.
⬅️Import hajmi $662,8 mln. (+4,3%)
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi – 59%, qolgan qismi: Turkmaniston – 19%, Tojikiston – 12% va Qirg‘iziston – 10%.