Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonning Kobuldagi yangi elchisi o‘z vazifasini bajarishga kirishdi

A A A
O‘zbekistonning Kobuldagi yangi elchisi o‘z vazifasini bajarishga kirishdi

Bugun O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmonov Afg‘oniston poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020-2024 yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.

Oybek Usmonov 1998 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012 yillarda esa O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Pashtu-dari va ingliz tillarini mukammal biladi.

Oybek Usmonov 2012-2024 yillarda Kobulda elchi bo‘lib ishlagan Yodgorxo‘ja Shodmanov o‘rniga tayinlandi.

Kiritildi: 15:17 27.10.2024. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!