We Global Football portali Osiyoda 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi saralash o‘yinlarining 5-turidan so‘ng milliy jamoalarning mundialga borish imkoniyatlari ko‘rsatkichlarini yangiladi. Portal O‘zbekistonning JChda qatnashish imkoniyatini sal pasaytirdi.
Terma jamoamiz 4-turda BAAni yengganidan so‘ng (1:0) A guruhidan JCH-2026 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish imkoniyati 10 foizga oshib 93,1 foizga yetgan edi.
5-turda Qatardan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan keyin esa jamoamizning imkoniyati 93,1 foizdan 84,8 foizga pasaydi.
Hozircha O‘zbekiston mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun Yaponiya, Eron va Janubiy Koreyadan keyin imkoniyati eng yaxshi baholanayotgan 4-jamoa bo‘lib turibdi.
E’tiborli fakt: O‘zbekistonni yutganidan so‘ng Qatarning mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati 8,9 foizga yetdi (4-turdan so‘ng 4,6 foiz edi).