Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonning ikki klubi TOP-1000 ro‘yxatdan o‘rin olgan

O‘zbekistonning ikki klubi TOP-1000 ro‘yxatdan o‘rin olgan

Opta superkompyuteri futbol klublarining yangilangan jahon reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatga 13 000 dan ortiq jamoalar, jumladan, O‘zbekiston Superligasi klublari kiritilgan.

Reytingni tuzishda jamoaning milliy chempionatdagi natijalari, liganing umumiy darajasi, shuningdek, mamlakat va qit’a reytinglari hisobga olindi.

Reytingda Angliyaning "Arsenal" klubi yetakchilik qilmoqda. Kuchli beshlikdan "Bavariya", "Barselona", "Real Madrid" va "Manchester Siti" o‘rin olgan.

O‘zbekistonning ikki klubi TOP-1000 ro‘yxatdan o‘rin olgan: "Neftchi" – 933, "Nasaf" – 954-o‘rinni egallagan. "Paxtakor" esa kuchli mingtalikdagi o‘rnini boy bergan va 1017-o‘ringa tushgan.

Kiritildi: 22:25 21.03.2026. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!