Atabek Tursinbekov O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Atabek Tursinbekov 1987 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2009—2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u 2017—2021 yillarda O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan. Oilali, ikki farzandning otasi.
Ta’kidlanishicha, Aqtau shahridagi bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari kiradi.