Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonliklar qo‘lida qancha AQSh dollari borligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar qo‘lida qancha AQSh dollari borligi ma’lum qilindi

Xabaringiz bor, ayni daqiqalarda Senatning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning hisoboti tinglandi. Yalpi majlisda Markaziy bank raisiga aholining banklarga valyuta ko‘rinishidagi omonatlarni qo‘yishi o‘tgan yilgiga qaraganda 9 foizga kamayganiga izoh berdi.

Nurmuratovga ko‘ra, haqiqatda hisobot davrida O‘zbekiston banklaridagi depozitlar tizimida o‘zgarishlar kuzatilgan. Aholining umumiy omonatlari 1,7 barobarga oshganida valyutadagi muddatli omonatlarda kamayish sodir bo‘lgan.

"Buni dedollarizasiya bilan izohlash mumkin. Ya’ni aholining valyuta kursidagi kichik darajada tebranishning saqlanib qolishi va omonatlar bo‘yicha foizlarning jozibadorligi 21-22 foiz oralig‘ida shakllanishi valyutadagi mablag‘larini olib so‘mda depozit qo‘yishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirmoqda. Bu amaliyotda ko‘rilyapti. Buni yaxshi holat deb baholash mumkin. Bu vaziyatni odamlar valyutasini uyida saqlayapti deb qarash ham kerak emas. Ammo ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda aholining qo‘lida qariyb 12 mlrd AQSh dollari bor. Biz hozir bularning hammasini jalb qila olmaymiz. Lekin yuqorida aytilganidek, odamlar dollarlarini so‘mga almashtirib muddatli depozitlarga qo‘yishni boshlagan va bu biz uchun quvonchli hol", — deydi Markaziy bank raisi.

U, shuningdek, valyutadagi muddatli omonatlardagi kamayishni o‘tgan yilgi geosiyosiy vaziyat bilan bog‘lagan. Ya’ni, Nurmuratovning ta’kidlashicha, urush boshlangandan buyon 60 mingdan ortiq norezidentlar o‘zbek banklarida hisobvaraqlar ochgan va ularning mablag‘lari 892 mln.dollar atrofida. Bu jami chakana depozitlarning (6 mlrd.dollar) qariyb 15 foizi degani.

Kiritildi: 16:34 02.06.2023. O'qildi: 12905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!