Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik yosh olimlar AQShdagi nufuzli kongressda ishtirok etdi

O‘zbekistonlik yosh olimlar AQShdagi nufuzli kongressda ishtirok etdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ohayo shtatida joriy yilning 16-20 iyun kunlari «TMS Speciality Congress-2024» o‘tkazildi.

Ushbu kongressda aerokosmik, mashinasozlik va ilg‘or materiallar bo‘yicha dunyoning ko‘zga ko‘ringan tashkilotlari, korxonalar va ta’lim dargohlari jumladan, NASA, GE Aviation, Massachusetts Texnologiyalar Universiteti, Stanford Universiteti, Oak Ridge Milliy laboratoriyasi kabi tashkilotlardan jami 300 dan ortiq olim ishtirok etdi.

Ushbu jahon kongressi, AQSh metal, minerallar va materiallar tashkiloti tomonidan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar aerokosmik, neft-gaz, og‘ir sanoatdagi yangi va ilg‘or materiallar bo‘yicha ilmiy ishlar va yangiliklar bilan ishtirok etadi.

Quvonarlisi, bu yilgi kongressda birinchi marta o‘zbekistonlik olimlar ham qatnashdi. Elyorjon Jumayev, Orifjon Mixliyev, Dilshodbek Usmonov va Sarvar Rozixojayevning «Yordamchi elementlarni Ni asosli super qotishmalarning mexanik xususiyatlari va mikrostrukturaviy o‘zgarishiga ta’siri» mavzusidagi ilmiy ishlari ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

– Ushbu kashfiyotning ahamiyati shundaki, – deydi texnika fanlari doktori, Hyundai Motors, Samsung, NASA va Oak Ridge Milliy laboratoriyalari loyihalarida faoliyat yuritgan yosh o‘zbek olimi Elyorjon Jumayev. – Unda hozirgi kunda dolzarb hisoblangan yangi turdagi zamonaviy materiallarning laboratoriya namunalarini korxonalarda ishlab chiqarishga integrasiya qilishning yo‘llari yoritib berilgan. Ularning mexanik xususiyatlarini saqlagan holda nano o‘lchamda strukturaviy o‘zgarishlari haqida bayon etiladi.

E’tirof etish kerakki, ushbu ishtirok o‘zbek materialshunos olimlarining dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega ekanligining kichik bir namunasidir.

Kiritildi: 13:13 20.06.2024. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!