Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik o‘quvchilarning Xalqaro biologiya olimpiadasidagi natijalari bekor qilindi

A A A
O‘zbekistonlik o‘quvchilarning Xalqaro biologiya olimpiadasidagi natijalari bekor qilindi

Joriy yilning 7-14 iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad – IBO) bo‘lib o‘tdi. Mazkur olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Olimpiadada, shuningdek, o‘quvchilar bilan birga 3 nafar jamoa rahbari va o‘z hisobidan 2 nafar kuzatuvchi-o‘qituvchi qatnashdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning xabar berishicha, Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik lisey pedagogi tomonidan o‘quvchisiga yordam berishga harakat qilingan. Mazkur holat bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘quvchilarning natijalarini inobatga olmaslik qarori qabul qilindi.

Qo‘shimcha qilinishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘zbekistonlik o‘quvchilarning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda.

Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning natijasi bekor qilinishi birinchi marta emas. O‘zbekiston delegasiyasi tomonidan 2010 yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro biologiya olimpiadasida ham xuddi shunday holat kuzatilib, o‘shanda ham o‘quvchilarning natijalari bekor qilib yuborilgandi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilarning Xalqaro biologiya olimpiadasidagi natijalari bekor qilindi

Bundan tashqari, IBO saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu holatlardan so‘ng O‘zbekistonning Xalqaro biologiya olimpiadasidagi ishtiroki xavf ostida qolayotgan bo‘lishi mumkin. Sababi O‘zbekiston IBO’ga a’zo mamlakatlar ro‘yxatida chiqmayapti.

Kiritildi: 20:50 20.07.2024. O'qildi: 1837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!