Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

A A A
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini oldi:

➖Ozodbek Axtamov -Toshkent shahri Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi;

➖Anvarbek Raxmatov — Buxoro viloyati Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

➖Anvarbek Sadulloyev — Buxoro viloyati Peshku tumani 18 -maktab 11-sinf o‘quvchisi.

Ushbu olimpiadada dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, prezident qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), uning ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofoti beriladi.

Kiritildi: 10:53 12.07.2023. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!