Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yilga sportdan chetlatildi

A A A
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yilga sportdan chetlatildi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Sardor Lapasov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etganligi sababli 4 yil muddatga diskvalifikasiya qilindi.

Unga ko‘ra, sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan «Klenbuterol» moddasi borligi aniqlangan. Alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, «Klenbuterol» moddasi 2024 yilgi taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, diskvalifikasiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikasiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikasiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federasiyasi yoki assosiasiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan.

Kiritildi: 13:03 07.08.2024. O'qildi: 40270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!