Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonlik haydovchilar Latviyaga ishga taklif etiladi

O‘zbekistonlik haydovchilar Latviyaga ishga taklif etiladi

2025 yilda o‘zbekistonlik 400 nafar yuk avtotransporti haydovchisi “Kreiss” kompaniyasiga ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi rasmiy telegram kanalida xabar berilishicha, Latviyadagi yirik logistika kompaniyasi - “Kreiss” bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda “Kreiss”ning yuk avtotransporti haydovchilarini tayyorlov o‘quv markazlarini tashkil etiladi hamda 2025 yilda o‘zbekistonlik 400 nafar yuk avtotransporti haydovchisini “Kreiss” kompaniyasiga ishga joylashtiriladi. Bu bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

“Kreiss” 2024 yilda 215 mingta xalqaro yuk tashishni amalga oshirgan. Kompaniyaning 1500 ta avtotrakdan iborat o‘z avtoparki mavjud. 3000 nafar xodim ishlaydi, ular orasida bir guruh o‘zbeklar ham bor.

Kiritildi: 10:16 31.01.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!