Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik hakamlar Rossiyaning o‘yinini boshqaradi

A A A
O‘zbekistonlik hakamlar Rossiyaning o‘yinini boshqaradi

O‘zbekistonlik futbol hakamlari brigadasi Iordaniya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini boshqarishadi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

Hakamlar brigadasiga Ilgiz Tantashev rahbarlik qiladi. Unga qanotlarda sifatida Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Zaxira hakami sifatida rossiyalik Yegor Yegorov ishlaydi.

Tantashev Rossiya terma jamoasi ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarini ilk bor boshqarmayapti. U 2022 yili Rossiya – Tojikiston uchrashuviga, 2023 yili esa Rossiya – Eron o‘yiniga hakamlik qilgan edi.

O‘rtoqlik o‘yini 4 sentyabr, payshanba kuni Moskvadagi «Lukoyl Arena»da, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:50 03.09.2025. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!