OFK rasmiy sayti Osiyo Kubogida ishlaydigan hakamlar nomini e’lon qildi.
Tarixda ilk bor musobaqada 74 nafar rasmiy faoliyat olib boradi.
2024 yil 12 yanvardan 10 fevralga qadar davom etadigan turnirda 4 nafar o‘zbekistonlik hakam ham ishlaydi. Ahrol Risqullayev va Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlashsa, Timur Gaynullin va Andrey Sapenko yon hakam sifatida jalb etilgan.