Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga xokkey orqali – Turizm qo‘mitasi yana bir tashabbusga qo‘l urdi

O‘zbekistonga xokkey orqali – Turizm qo‘mitasi yana bir tashabbusga qo‘l urdi

«Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili» doirasida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida, 6 mingga yaqin tomoshabinga mo‘ljallangan «Fetisov Arena» muz saroyida «Admiral» va «Avtomobilist» jamoalari o‘rtasidagi xokkey o‘yini davomida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari, madaniyati va an’analarini taqdim etdi.

«Fetisov Arena»ga kirish joyida barcha mehmonlar o‘zbek milliy taomi – palovning tayyorlanish jarayonini kuzatishlari, shuningdek, uni tatib ko‘rishlari mumkin edi. Bundan tashqari, xalq hunarmandchiligi buyumlari va O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlarini aks ettiruvchi axborot stendlari namoyish etildi.

Kiritildi: 14:13 15.02.2025. O'qildi: 1028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!