Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga xoinlik qilganlikda ayblangan Sayfulinga yakuniy hukm o‘qildi

O‘zbekistonga xoinlik qilganlikda ayblangan Sayfulinga yakuniy hukm o‘qildi

2020 yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) 1-qismi va 248-moddasi (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan R. Sayfulinga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Bir necha oy davomida o‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib tahlil qilindi.

Tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi.

Sud sudlanuvchi R. Sayfulinni yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Kiritildi: 15:15 28.05.2020. O'qildi: 7879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!