Bugun 28 iyun, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga to‘rt oyda qancha xorijlik o‘qish maqsadida kelgani ochiqlandi

O‘zbekistonga to‘rt oyda qancha xorijlik o‘qish maqsadida kelgani ochiqlandi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 foizga oshgan. 2024 yilning yanvar aprel oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Hindiston — 2 090 nafar;

Turkmaniston — 1 627 nafar;

Tojikiston — 758 nafar;

Qirg‘iziston — 317 nafar;

Janubiy Koreya — 249 nafar;

Xitoy — 242 nafar;

Pokiston — 237 nafar;

Afg‘oniston — 132 nafar;

AQSh — 118 nafar;

Qozog‘iston — 102 nafar;

Boshqa davlatlar — 535 nafar.

Kiritildi: 11:11 16.06.2024. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!