Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 67,4 ming nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,1 ming nafarga yoki 85,8 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
🔸 Tojikiston — 51 603 nafar;
🔹Qozog‘iston — 7 735 nafar;
🔸Qirg‘iz Respublikasi — 6 218 nafar;
🔹Rossiya — 1 135 nafar;
🔸Turkmaniston — 587 nafar;
🔹Turkiya — 24 nafar;
🔸Afg‘oniston — 19 nafar;
🔹Ozarbayjon — 9 nafar;
🔸boshqa davlatlar — 61 nafar.