Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga davolanish maqsadida qancha chet el fuqarosi keldi?

O‘zbekistonga davolanish maqsadida qancha chet el fuqarosi keldi?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 81,7 ming nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

📈 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming nafarga yoki 80,2 foizga oshgan.

✅ Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

🟢 Tojikiston — 62 347 nafar;

🟢 Qozog‘iston — 9 537 nafar;

🟢 Qirg‘iz Respublikasi — 7 481 nafar;

🟢 Rossiya — 1 424 nafar;

🟢 Turkmaniston — 727 nafar;

🟢 Turkiya — 29 nafar;

🟢 Afg‘oniston — 23 nafar;

🟢 Ukraina — 16 nafar;

🟢 Ozarbayjon — 12 nafar;

🟢 AQSh — 12 nafar;

🟢 Boshqa davlatlar — 60 nafar.

Kiritildi: 01:20 08.11.2024. O'qildi: 1920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!