Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga 1995 yilgacha kelgan shaxslarga fuqarolik avtomatik tarzda beriladi

O‘zbekistonga 1995 yilgacha kelgan shaxslarga fuqarolik avtomatik tarzda beriladi

1995 yilga qadar O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon mamlakatda muqim yashayotgan shaxslarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida ma’lum qildi.

«Mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan, lekin O‘zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘la olmayotgan minglab yurtdoshlarimizning ana shu muammosini qonuniy hal qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman.

Xususan, 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkor.

Bu orqali 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog‘liq, uzoq yillardan buyon yechilmay kelayotgan muammolari hal etiladi», dedi prezident.

Davlat rahbari hukumatga bu masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqib, shu yil 1 mayga qadar tegishli qonun loyihalarini taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Kiritildi: 18:59 24.01.2020. O'qildi: 2561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!