Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistondan Moskvaga uchgan qator reyslar zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi

O‘zbekistondan Moskvaga uchgan qator reyslar zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi

Uzbekistan Airways O‘zbekistondan Moskvaga uchgan 6 ta reys zaxira aeroportlariga yo‘naltirilganini e’lon qildi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha:

  • HY9619 — Namangan—Moskva (Vnukovo): Ufa shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY9671 — Toshkent—Nijniy Novgorod: Ufa shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY613 — Toshkent—Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY9627 — Farg‘ona—Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY601 — Toshkent—Moskva (Domodedovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY605 — Samarqand—Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida.

Ushbu reyslar Moskva shahri havo hududining yopilishi munosabati bilan zaxira aeroportlariga yo‘naltirilgan.

Centrum Airʼning Toshkent—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha MFX403 reysi avval Ufa, keyin esa Sankt Peterburgga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 11:53 07.05.2025. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!