Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistondagi maktablarda qancha o‘qituvchi dars berayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi maktablarda qancha o‘qituvchi dars berayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi maktablarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni 2024/2025-o‘quv yili boshida 564,9 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 78,3 ming nafarga oshgan.

Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:

— 2019/2020-o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;

— 2020/2021-o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;

— 2021/2022-o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;

— 2022/2023-o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;

— 2023/2024-o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar;

— 2024/2025-o‘quv yili boshiga 564,9 ming nafar.

Ma’lumot uchun, 2024/2025 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 943 tani tashkil etgan.

Kiritildi: 17:52 24.02.2025. O'qildi: 1665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!