Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi va BMTning Sivilizasiyalar alyansi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi va BMTning Sivilizasiyalar alyansi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Jidda shahriga O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning rasmiy safari doirasida qator muhim uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur safar Prezident tashabbusi bilan bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining boy madaniy-ma’naviy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi.

Safar doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Jidda shahrida Islom san’ati muzei direktori Mamduh Usmon bilan uchrashdi. Unda Markaz faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari, islom sivilizasiyasining ilmiy, tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholadi.

Shuningdek, barcha muzokara va uchrashuvlar davomida qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro anjumanlar o‘tkazish, mutaxassislar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish masalalari keng muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sivilizasiyalar alyansi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat sivilizasiyalar o‘rtasida muloqotni mustahkamlash, madaniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish, shuningdek, islom sivilizasiyasi merosini jahon hamjamiyatiga keng yetkazishga xizmat qilishi qayd etildi.

Tomonlar mazkur uchrashuvlar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidlab, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!