“Do‘stlik” va “Eski Tuyatortar” kanallari 2025 yil uchun “WHIS Award” (Butunjahon irrigasiya merosi) mukofotiga loyiq deb topildi.
Ushbu mukofot 100 yildan ziyod vaqtdan beri foydalanilayotgan va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan irrigasiya inshootlariga beriladi.
Bu ikki kanal Markaziy Osiyodan mazkur xalqaro reestrga kiritilgan birinchi inshootlar bo‘ldi.