Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda YouTube platformasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekistonda YouTube platformasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov YouTube platformasi hamkori, IT-mahsulotlar va xizmatlarni yaratish bo‘yicha bozor yetakchilaridan biri bo‘lgan Kanadaning «AIR Media Tech» kompaniyasi rahbari Stepan Mixaylov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi YouTube platformasi imkoniyatlari va kreativ iqtisodiyot sohasidagi masalalarni muhokama qilishdan iborat edi.

Unda ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash, yangi raqamli yechimlar yaratish va O‘zbekistonda kreativ sanoatni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv avvalida kompaniya faoliyati haqida kengaytirilgan taqdimot o‘tkazildi. Unda kompaniyaning global miqyosdagi tajribasi va YouTube platformasidagi kreativ va biznes faoliyatni qanday rivojlantirish borasida muvaffaqiyatli strategiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, kompaniya kreativ iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham katta e’tibor berib, raqamli kontent yaratish va tarqatishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish ustida ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekistondagi raqamli texnologiyalar va ijodiy iqtisodiyotning salohiyatini oshirish, shuningdek, platformaning yangi yondashuvlarini o‘rganish, O‘zbekistonda YouTube kabi platformalarni yanada rivojlantirish uchun kerakli huquqiy va texnologik infratuzilma yaratish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, kreativ soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun raqamli xizmatlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Raqamli texnologiyalarni sohalarga ham keng joriy qilish O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari va innovasion loyihalar yaratishga yordam berishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va kreativ iqtisodiyot sohasida innovasion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelajakdagi rejalari haqida fikr almashdi. Kelgusida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun aniq qadamlar belgilandi.

Kiritildi: Bugun 03:12. O'qildi: 141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!