Xitoy sharqidagi Yixing shahridagi universitet kampusiga uyushtirilgan hujum oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda CNN mahalliy polisiya bayonotiga tayanib.
Hujum qilgan shaxs 21 yoshli sobiq talaba bo‘lib, yaqinda imtihondan o‘ta olmagan va bitiruv sertifikatini olmagan. U qo‘lga olinib, aybiga iqror bo‘ldi.