Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi

Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ining ayrim tabiiy hududlari va ob’ektlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq,«Urung‘och» ko‘li va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi.

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xo‘jalik tomonidan yerlari olib qo‘yilmasdan va ob’ektga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga ko‘ra, «Urung‘och» tabiiy ko‘li va unga tutash hududlarni o‘zgartirishlarsiz saqlash, tog‘ ekotizimi o‘simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror ko‘paytirish «Urung‘och» davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mas’ul organ etib belgilandi.

2020 yil 1 martgacha tabiiy ob’ektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi.

Kiritildi: 19:45 10.10.2019. O'qildi: 1931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!