Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda yog‘ narxi nega keskin oshgani ma’lum bo‘ldi. Aybdorlarga ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda yog‘ narxi nega keskin oshgani ma’lum bo‘ldi. Aybdorlarga ish qo‘zg‘atildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan paxta yog‘i narxlari keskin oshganligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi 53-son qarorining 2-bandiga muvofiq paxtadan olingan chigit paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan yog‘-moy korxonalariga birja savdolari yoki mahsulotni qaytarish asosida sotish belgilangan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yil aprel oyi davomida birja savdolariga 40ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan texnik chigit savdolarga qo‘yilganligi hamda qo‘yilayotgan texnik chigitning boshlang‘ich narxlari aprel oyida o‘rtacha 38 foizga ko‘tarilganligi aniqlangan.

Avval xabar berganimizdek, o‘simlik yog‘i narxining oshishiga asosan kungaboqar urug‘lari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bog‘liq tashqi muhit ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ammo, ayrim paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta chigiti narxini asossiz oshirishdi, bu esa paxta yog‘ining narxiga ham ta’sir ko‘rsatdi.

Bunda, birja savdolarida texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib sun’iy oshirish va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 34 ta paxta-to‘qimachilik klasterlariga nisbatan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan  ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 16:10 10.05.2021. O'qildi: 22025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!