Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda yangi hokimlik tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi hokimlik tashkil etildi

“Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (584-son, 24.09.2020 y.).

Qarorga muvofiq, Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etildi.

Qaror bilan, G‘ozg‘on shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari va boshqaruv xodimlari soni tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qarorlari bilan Navoiy viloyati Nurota tumanidagi G‘ozg‘on shaharchasi G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirilib, G‘ozg‘on shahri viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilgan.

Kiritildi: 10:36 25.09.2020. O'qildi: 5412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!