Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda yana 3 ta Rossiya OTM filiali ochiladi

A A A
O‘zbekistonda yana 3 ta Rossiya OTM filiali ochiladi

2020 yili O‘zbekistonda Perm davlat farmasevtika akademiyasi filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev matbuot anjumanida e’lon qildi.

Elchining aytishicha, kelgusi yili O‘zbekistonda Rossiyaning yana 3 ta oliy ta’lim muassasasi filiali ochilishi rejalashtirilgan. Ular orasida Astraxan davlat texnika universiteti va Sankt-Peterburg tog‘ universiteti ham bor.

Bundan tashqari, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Moskva arxitektura universiteti va Pushkin nomidagi rus tili instituti filiallari ham ochilishi mumkin.

Kiritildi: 14:38 12.02.2020. O'qildi: 2930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!