Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda xorijiy mutaxassislar ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekistonda xorijiy mutaxassislar ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) mutaxassislari ishtirokida “Internetdan foydalanishda kiberxavfsizlikka umumiy yondashuv” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Mazkur tadbirda YEXHT mutaxassislari o‘zlarining kiberxavfsizlikni rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalari bilan ishtrok etdi. Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot texnologiyalari kommunikasiyasi va harbiy aloqa instituti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti vakillari hamda akademiya professor-o‘qituvchilari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad, bugungi globallashuv davrida internet tarmog‘idan foydalanishda, kiberxavfsizlik hamda kiberqurolning nechog‘lik zarurligi, turli xil yot axborotlar kirib kelishini, jumladan mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarni noqonuniy olish xavfsizligini ta’minlashdan iborat. 

Seminarda kelajak rejalar muxokama qilinib, YEXHT bilan mamlakatimizning harbiy tizimidagi kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Internet tarmoqlariga “O‘ta tajribali xakkerlar”ning qo‘li bilan joylanayotgan, turli harbiy-siyosiy ma’lumotlarning xavfsizligini takomillashtirish hamda axborot olamidagi yangiliklar daqiqa sayin ko‘payayotgan bir vaqtda, to‘g‘ri va noto‘g‘ri xabarlarning oldini olish bo‘yicha takliflar berildi va ma’ruzalar tinglandi.

 

 

 

 

Kiritildi: 17:56 05.12.2019. O'qildi: 1792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!