Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammad Rafiqov vafot etdi

A A A
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammad Rafiqov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, san’at arbobi, «Do‘stlik» ordeni sohibi Rafiqov Muhammad Muhiddinovich vafot etdi.

Muhammad Rafiqov viloyat televideniyesi tashkil topgan kundan ya’ni, 1994 yil mart oyidan buyon rejissyor sifatida faoliyat ko‘rsatib, ko‘plab ko‘rsatuvlari, shuningdek, ijro etgan rollari bilan teletomoshabinlar e’tiborini qozondi.

Jumladan, «Bobur» telefilmida Shayboniyxon, «Amir Muzaffarxon»da Muzaffarxon, «Hakim va ajal» videofilmida Ibn Sino, «Imom al-Buxoriy» serialida Al-Buxoriy, «Sohibqiron» serialida Amir Temur, «Shaytanat» videofilmida Abdurahmon tabib, «Qo‘qon shamoli» filmida Shayx ul-Islom kabi 50 dan ortiq obrazlarni mahorat bilan ijro etdi.

Kiritildi: 17:32 11.08.2021. O'qildi: 6299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!