Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda ulgurji sotuvchilar uchun alkogol mahsulotlarining minimal narxlari belgilandi

O‘zbekistonda ulgurji sotuvchilar uchun alkogol mahsulotlarining minimal narxlari belgilandi


O‘zbekistonda ulgurji savdo korxonalari uchun alkogol mahsulotlarining minimal sotish narxlari yangilandi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi alkogolli mahsulotlarning yangi eng kam ulgurji va chakana narxlarini tasdiqladi. Tegishli qaror Lex.uz’da e’lon qilingan va 2024 yil 17 sentyabrdan kuchga kirdi.

Hujjat pivodan tashqari alkogolli mahsulotlarning ulgurji va chakana narxlarini tartibga soladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil may oyida tasdiqlangan alkogolning minimal narxlari bilan solishtirganda ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar uchun narxlar sezilarli darajada o‘zgarmagan. Shu bilan birga, konyakning chakana narxi oshdi.

1 litr vinoning minimal sotish bahosi ishlab chiqarish korxonalari uchun 14,4 ming so‘m, ulgurji savdo korxonalari uchun 15,1 ming so‘m, eng kam chakana narxi esa 16,4 ming so‘mni tashkil etadi.

Konyakning 1 litri ishlab chiqarish korxonalari uchun – 57,4 ming so‘m, ulgurji savdo korxonalari uchun – 60,5 ming so‘m, eng kam chakana narxi 66 ming so‘m (63 ming so‘mdan).

Ishlab chiqarish korxonalari uchun 1 litr aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar uchun – 37 ming so‘m, ulgurji savdo korxonalari uchun – 39 ming so‘m, eng kam chakana narxi – 43 ming so‘m.

Kiritildi: 15:05 18.09.2024. O'qildi: 1455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!