Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda Telegram bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lmayaptimi?

O‘zbekistonda Telegram bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lmayaptimi?

Telegram asoschisi Pavel Durov yozishicha, kompaniya 2018 yildan buyon jinoyatchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini tegishli davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga berish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan. Durovning Fransiyada hibsga olinishi bilan bog‘liq voqeadan keyin, bu masalaga yanada jiddiy qarash boshlangan.

Masalan, Braziliyada 2024 yilning 1-choragida (yanvar-mart) 75 ta, 2-choragida 63 ta va 3-choragida 65 ta huquqiy so‘rov bo‘yicha ma’lumotlar oshkor qilingan. Hindistonda esa huquq organlarining 1-chorakda 2 ming 461 ta, 2-chorakda 2 ming 151 ta va 3-chorakda 2 ming 380 ta qonuniy talablari qondirilgan.

Evropada ham 3-chorakda qonuniy so‘rovlar soni oshgan.

Telegram taqdim etgan statistikaga qaralsa, O‘zbekiston tomoni Telegram'ga 2024 yil davomida bironta asosli rasmiy so‘rov yubormagan, yoki yuborgan bo‘lsa ham, birontasi qanoatlantirilmagan. Bu degani O‘zbekistonda Telegram bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lmayapti deganimi? Yo‘q, albatta, tiqilib yotibdi.

Narkotik moddalar sotuvi deysizmi, odam savdosiyu pornografik mahsulotlar deysizmi, firibgarlik holatlari deysizmi, juda ko‘p. Shunchaki aksariyat hollarda ushbu jinoyatlarga oid Telegram'dagi kanallar, guruhlar, profillar ortidagi insonlar ochilmasdan qolib ketaveradi. Chunki bu bilan jiddiy shug‘ullanadigan, to‘g‘ri rasmiylashtirilgan qonuniy so‘rovlarni Telegram'ga yuboradigan tashkilot kerak. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlik xizmatlari jinoyatchilardan ham aqlliroq va zamonaviyroq bo‘lishi shart va zarur.

Albatta, xakerlik yoki bosqinchilik usuli bilan kimningdir Telegram'iga buzib kirish shart emas, agar rostdan jinoyat alomatlari bo‘lsa, unda rasmiy yo‘llar orqali ham jinoyatchilarning ma’lumotlarini qonuniy olish mumkin,- deydi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Kiritildi: 15:11 02.10.2024. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!