➖Taksi bozori legallashtirilishi natijasida 498 mingga yaqin haydovchi o‘zini o‘zi band qilgan. Ularning 90 foizdan ko‘prog‘ida taksichilik "yordamchi faoliyat" hisoblanadi, ya’ni beshtadan kam tashuvni amalga oshirgan ;
➖ 155 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimi bilan integrasiya qilingan;
➖haydovchilar tomonidan yil davomida 320 million marta yo‘lovchi tashuvlari amalga oshirilgan. Yo‘lovchi tashish aylanmasi 5,9 trillion so‘mga yetgan, o‘rtacha bitta chek 18 456 so‘mni tashkil etgan;
➖ayol haydovchilar soni ham yil boshidagi 1 ming 53 nafardan 4 ming 124 nafarga yetdi;
➖yil davomida taksi xizmatlarini ko‘rsatgan 4,7 mingga yaqin haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan;
➖haydovchilarning 57 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha. Shuningdek, 50 yoshdan oshgan 35 mingdan ortiq taksichilar faoliyat yuritmoqda.
➖avtomobil rusumlari:
— Nexia (17,8%);
— Cobalt (16,9%);
— Lacetti (13,9%)
➖Taksi agregatorlari tomonidan 2024-yilda 156,8 milliard so‘m soliq, shundan 66,2 milliard so‘m QQS solig‘i to‘langan.