«Xalq orasida vrachlar pora olmasligi kerak, qasam ichgan, ularning oyligi yetarli degan tushunchalar mavjud. Keling, ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilib ko‘ramiz», – deydi post muallifi, shifokor Abdulazizxon Akramov.
Suratda Mehnat vazirligi portalidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun vakansiyalar ro‘yxatida vrachlarning 1 stavkasi uchun belgilangan maoshlar ko‘rsatilgan.
Misol uchun, VOP (umumiy amaliyot shifokori) bilan bitta tor mutaxassisning (xirurg, travmatolog va hokazo) maoshi olingan.
Demak 1 stavka uchun:
Xo‘sh, endi bu oylikdan soliqlarni ayiramiz. 12 foiz daromad va 1 foiz pensiya jamg‘armasiga, jami 13 foiz:
UASh va Tor mutaxassis kunlik chiqimlari (o‘rtacha):
Shularni qo‘shib yuqoridagi oylik maoshdan yana ayiramiz. O‘rtacha 40 ming so‘mdan 22 kun ish kuni = 880 ming so‘m.
«Shu va boshqa chiqimlardan tashqari UASh qo‘liga o‘rtacha 400 ming so‘m, tor mutaxassis qo‘lida esa 350 ming so‘m pul qoladi.
Endi ishxonadan uyga olib ketiladigan pul shuncha. Uy-ro‘zg‘or, kommunal to‘lovlar, krediti bo‘lsa unga to‘lov, bola-chaqa, kiyim bosh va maishiy chiqimlarga shu pul qoladi.
Endi vijdonan aytaylik! Shu pulga yashash mumkinmi? 6-7-10 yil umrini ilm quvishga ishlatgan odam shu pulga qanday qilib tirikchilik qilishi kerak? Bolasining, xotinining ko‘ziga qanday qaraydi? Javob bering!» – deya yakunlanadi shifokor so‘zlari.
Shifokorlar maoshi bo‘yicha Kun.uz saytida ham bir necha tahliliy materiallar e’lon qilingan.
Davlat rahbari 20 noyabr kuni poytaxtda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va pedagoglar bilan uchrashganida shu haqda to‘xtalgan. «Oddiy muallim 1000 dollar ish haqi olmasa, u ishga kelishi kerak emas. Shifokor ham xuddi shunday, 1000 dollar olmasa, ertaga uyga borib bolasini, nabirasini qanday boqadi? Qilishimiz mumkinmi? Mumkin. Tinchlik, osoyishtalik kerak, bir-birimizni to‘g‘ri tushunishimiz kerak», degandi u.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov ham 18 dekabr kuni Toshkentdagi yoshlar forumida shu masala bo‘yicha gapirdi. «Tibbiyot xodimlarining oylik masalasi juda ham og‘riqli. Sizni ishontirib aytamanki, prezident yaqin kunlarda, yaqinlashib kelayotgan 2021 yilda hamshiralar, shifokorlar, o‘qituvchilarning ish haqi bir necha baravar oshiriladi, deb aytdilar», dedi u.