Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda sariq rangli tarvuz yetishtirilmoqda

O‘zbekistonda sariq rangli tarvuz yetishtirilmoqda

Cariq tarvuz ichki bozor va eksportga chiqarilmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi fermer xo‘jaligida urug‘i Janubiy Koreyadan keltirilgan Riamo navli sariq tarvuz yetishtirilmoqda.

Aytilishicha, sariq rangli tarvuz turi yangi, noyob va hududlarda kam yetishtiriladi. Shuning uchun ham uning narxi oddiy tarvuzlarga qaraganda biroz yuqoriroq.

Sariq tarvuzning urug‘lari kamroq yoki umuman bo‘lmaydi. Ta’mi mango, limon va ananasga o‘xshab ketadi. Qizil tarvuzga qaraganda sal oldinroq pishadi.

Kiritildi: 10:38 20.06.2022. O'qildi: 2980 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!