Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda restoran biznesi pandemiya tufayli og‘ir ahvolga kelib qoldi

O‘zbekistonda restoran biznesi pandemiya tufayli og‘ir ahvolga kelib qoldi

O‘zbekistondagi restoran biznesi vakillari Savdo sanoat palatasi ko‘magida pandemiya sharoitida sohani inqirozdan saqlab qolish bo‘yicha choralarni ilgari surmoqdalar. Bu haqda SSP matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, umumiy ovqatlanish tizimi va restoran biznesida faoliyat yurituvchi bir guruh tadbirkorlar O‘zbekiston savdo sanoat palatasiga ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash uchun inqirozga qarshi choralar qabul qilishda ko‘mak berish iltimosi bilan murojaat qilishgan.

Shundan so‘ng SSP ekspertlari koronavirus va Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik agentligi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi tomonidan kiritilgan qat’iy qoidalar tufayli qiyin ahvolda qolgan restoran biznesi va umumiy ovqatlanish tizimi sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator zarur va tezkor choralar taklif etilgan rasmiy xatni Prezident administrasiyasiga yo‘llashgan.

Joriy yil 8 iyul kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida mamlakat prezidenti biznes egalari karantin qoidalariga amal qilishda sanitariya va yong‘in xavfsizligi idoralari tomonidan tushunarsiz va bir-biriga zid talablarga duch kelayotganiga e’tibor qaratgan edi.

Davlat rahbari tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari asosida joriy tartiblarni qayta ko‘rib chiqib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tushunarli shaklda aholiga yetkazish topshirini bergandi.

Savdo-sanoat palatasiga taqdim etilgan takliflar natijalariga ko‘ra, manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan Prezident qarori loyihasini tayyorlandi, unga muvofiq tadbirkorlikni, xususan umumiy ovqatlanish tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil oxiriga qadar quyidagi choralar ko‘riladi:

- qator soliq imtiyozlarining uzaytirilishi;

- yollanib ishlovchi xodimlar shtatining oshirilishi; 

- tutash hududlarda obshepita tomonidan yozgi terrasalarni joylashtirish tartibini joriy etish;

- umumiy ovqatlanish va boshqa ko‘ngilochar joylar faoliyati vaqtini 24 soatgacha uzaytirish.

Ayni vaqtda Farmon loyihasi tadbirkorlar va Savdo palatasi jamoat ekspertizasi ishchi guruhining takliflarini hisobga olgan holda qayta ishlanmoqda.

Kiritildi: 11:05 17.07.2020. O'qildi: 3431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!