Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar (paxta va g‘alladan tashqari) realizasiyasi uchun QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladi.
🔹 qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanib, rasmiy saytlarda e’lon qilinadi;
🔹 ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlar uchun xarid qilingan tovar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS 3 kun ichida avtomat ravishda qaytariladi;
🔹 elektron hisobvaraq-fakturalar xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida tahlil qilinadi;
🔹 yuqori xavfli hisobvaraq-fakturalar ulushi 10%dan oshmasligi shart;
🔹 QQS summasi faqat to‘liq to‘langanidan keyin hisobga olinadi;
🔹 qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘yicha ma’lumotlar Space Gov Monitoring platformasi orqali monitoring qilinadi.