Yaqin Sharqdagi hozirgi mojaroda halok bo‘lgan olti nafar amerikalik harbiy xizmatchining jasadlari 7 mart kuni Qo‘shma Shtatlarga qaytariladi.
Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, maxsus reys Delaver shtatidagi Dover aviabazasiga yetib keladi. Marhumlarning barchasi Ayova shtatida joylashgan bo‘linmada xizmat qilgan.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) bayonotiga ko‘ra, Eronning dastlabki javob zarbalari natijasida Yaqin Sharqdagi harbiy operasiyalarda olti nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Eronga qarshi operasiyada jami 50 ming amerikalik askar ishtirok etmoqda.