🔘Aholi soni yildan-yilga o‘smoqda. Tabiiyki, suv iste’moli ham katta sur’atlarda ko‘payib boradi;
🔘 O‘zbekiston bir yilda ishlatadigan suvning 20 foizigina o‘zimizda shakllanadi. Qolgan 80 foizi Tojikiston va Qirg‘izistondan keladigan daryolardagi suvga bog‘liq. Ammo bu ikki mamlakatning ham o‘z manfaatlari bor. Har ikkala davlat elektr energiyasini daryolar bo‘yida qurilgan GESlardan oladi;
🔘 Iqlim o‘zgarishi oqibatida mamlakatimiz hududidagi tabiiy suv resurslari tobora kamayib bormoqda. Qolaversa, qishda yog‘ingarchiliklarning kamayishi, yozning normadan issiq bo‘lishi suv iste’moli hajmlariga ham ta’sir qilmoqda.