Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda pul bozori keskin o‘smoqda. Bu o‘zi qanday bozor?

A A A
O‘zbekistonda pul bozori keskin o‘smoqda. Bu o‘zi qanday bozor?

2023-yil yanvar—fevral oylarida pul bozoridagi savdolarning umumiy hajmi 74,31 trln so‘mni tashkil qildi. Bunda banklararo pul bozori 48,19 trln so‘m, Markaziy bankning depozit auksionlari 26,12 trln so‘m bo‘lgan.

Yil boshidan beri pul bozoridagi savdolar o‘tgan yilgi mos ko‘rsatkichga (28,67 trln so‘m) nisbatan 2,5 barobar oshdi. Pul bozoridagi bitimlarning ulushi umumiy savdo hajmining 45,56 foizini tashkil etdi.

Pul bozori atamasi ushbu bozor uchun to‘liq mos kelmaydi. Sababi bozorda valyuta yoki pul oldi-sotdisi amalga oshirilmaydi.

Pul bozori — moliya bozorining asosan qisqa muddatli (bir yilgacha) kredit operasiyalari amalga oshiriladigan qismi. Bundan asosiy ishtirokchilar Markaziy bank va tijorat banklari.

Manba.

Kiritildi: 21:03 08.03.2023. O'qildi: 8607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!