Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda Ozon qatlami bo‘yicha yangi milliy dastur qabul qilindi

A A A
O‘zbekistonda Ozon qatlami bo‘yicha yangi milliy dastur qabul qilindi

Hukumat qarori (126-son, 09.03.2021 y.) bilan Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi.

📌 Milliy dastur bilan ozon qatlamini buzuvchi moddalar (OBM)dan foydalanishni to‘xtatish harakatlarining maqsadlari va strategik yo‘nalishlari belgilab berildi.

🏢 Dasturga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi OBM iste’molini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi.

🔰 Milliy dastur doirasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

● OBMni va ularning tarkibidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqishni to‘xtatish hamda bunda qat’iy nazoratni o‘rnatish;

● OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksporti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirish;

● OBMni qayta ishlash bo‘yicha 6 ta yangi markaz tashkil qilish.

Ma’lumot uchun: Mazkur sohadagi birinchi milliy dastur Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan edi.

Kiritildi: 21:05 10.03.2021. O'qildi: 2016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!