Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lganlarga stipendiya to‘lanadi

A A A
O‘zbekistonda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lganlarga stipendiya to‘lanadi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan vazirlik stipendiyasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar beradi Norma.

Stipendiya har oylik to‘lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Parosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekistonning sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan hamda mazkur nizomning ilovasida belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.

Nizom qoidalari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgani uchun umrbod oylik to‘lovlar tayinlangan sportchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vazirlikning stipendiya komissiyasi:

  • sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan taqdim qilinadigan stipendiyaga nomzod sportchilarning ro‘yxatini ko‘rib chiqadi;
  • sportchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqiqiyligini va mazkur mezonlarga mosligini tekshiradi;
  • sportchilarga stipendiya tayinlash yoki stipendiya to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Stipendiya miqdori – 3 MHEKM (3 million 150 ming so‘m).

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023 yil 5 dekabrdan kuchga kirdi.

Kiritildi: 10:31 07.12.2023. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!