Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda oftalmologiyaning yana bir yangiligi joriy etildi

O‘zbekistonda oftalmologiyaning yana bir yangiligi joriy etildi

Ko‘z olmasi va to‘r pardada ro‘y beradigan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlab samarali davolash jahon tibbiyotining dolzarb muammosidir. Keyingi yillarda ilm-fan va innovasiyalarning jadal rivojlanishi bu yo‘nalishda yangi istiqbollarni ochmoqda. Xususan, sohaga lazer jarrohlik texnologiyalari tatbiq etilgani va soha uzluksiz takomillashayotgani oftalmologiya yo‘nalishida diagnostika va davolash ishlarini yangi bosqichga ko‘tarmoqda.

Kuni kecha ushbu yo‘nalishda yana bir yangilik O‘zbekiston tibbiyoti amaliyotiga joriy etildi. Ya’ni, Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasiga Fransiyaning nufuzli QUANTEL MEDICAL kompaniyasining VITRA PDT rusumidagi lazer jarrohlik uskunasi olib kelindi.

— Aytish kerakki, oftalmologiyada lazer texnologiyalarini qo‘llash bir qator ko‘z kasalliklarini davolashda katta yutuqlarga zamin yaratmoqda. — deydi Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromov. — Jumladan, mutaxassislarning tahliliga ko‘ra, ilm-fanning bunday yutuqlari tufayli ko‘z to‘r pardasi distrofiyasini yigirma martagacha kamaytirishga erishilmoqda. Jahon tibbiyotining bunday yangiliklari yurtimiz tibbiyotiga tatbiq etilishi aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.

«Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida ham Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasiga oftalmologiyada qo‘llaniladigan yana bir yangi apparat keltirilgan edi. Ushbu zamonaviy texnologiya vositasida xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda diabet kasalligining ko‘z bilan bog‘liq asoratlari, jumladan, diabetik retinopatiya va to‘r parda kasalliklari bilan kasallangan bemorlar uchun imtiyozli narxlarda jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining telegramdagi kanali xabarida.

Kiritildi: 11:55 09.09.2019. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!