Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda nodavlat OTMlarni lisenziyalash uchun qo‘shimcha talablar joriy etildi

 O‘zbekistonda nodavlat OTMlarni lisenziyalash uchun qo‘shimcha talablar joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining 403-sonli qaroriga muvofiq, endi nodavlat OTM ochmoqchi bo‘lgan talabgor:

➖ ta’lim tashkilotining konsepsiyasini (nomi, maqomi, boshqaruvi, yo‘nalishlari, qabul parametrlari, ta’lim sifati, to‘lov miqdori, 5 yillik rivojlanish rejasi va boshqalar) taqdim etadi;

➖ 2 mln dollar ekvivalentidagi ustav fondini shakllantiradi;

➖ 350 ming dollar mablag‘ni depozitga joylashtiradi;

➖ kamida 5 ming kv.m ta’lim binosiga ega bo‘lishi (yoki 5 yillik ijara shartnomasiga ega bo‘lishi) lozim;

➖ ilk 5 yilda yillik foydaning 80%, keyingi yillarda kamida 50%ni rivojlantirishga yo‘naltiradi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ushbu muddatgacha lisenziya olganlar 2026 yil 1 yanvargacha faoliyatini yangi talablarga moslashtirishi shart.

Kiritildi: Bugun 10:27. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!