Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlar yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlar yangi bosqichga chiqmoqda

So‘nggi yillarda mamlakatda raqamli to‘lovlar infratuzilmasi sezilarli kengaydi. Bank kartalari soni 2021 yildagi 34 mlndan 2026 yil boshiga kelib 68 mlndan oshdi. Naqd pulsiz to‘lovlar ulushi ham izchil oshib, 2023 yilda 38%, 2024 yilda 41%, 2025 yilda 43%ni tashkil etdi.

2026 yil 1 apreldan bir qator yirik to‘lovlar bo‘yicha naqd hisob-kitoblar cheklandi. Davlat xizmatlari, kommunal to‘lovlar, yoqilg‘i shoxobchalari, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi, shuningdek, 25 mln so‘mdan yuqori qiymatdagi tovar va xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar naqdsiz shaklga o‘tkazildi.

2030 yilgacha savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida naqdsiz to‘lovlar ulushini 75%ga yetkazish, yashirin iqtisodiyot ulushini esa 1,3 baravarga qisqartirish rejalashtirilgan.
Shu ma’noda, O‘zbekistondagi asosiy masala endi faqat kartalar yoki to‘lov platformalari sonini ko‘paytirish emas. Eng muhim vazifa — aholi va biznesning yangi hisob-kitob modellariga moslashuvini ta’minlash.

Kiritildi: Bugun 16:15. O'qildi: 193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!