Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda Malayziyaning islomiy sug‘urtasi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda Malayziyaning islomiy sug‘urtasi joriy etilishi mumkin

Malayziyaning islomiy sug‘urtasi – takaful va uni O‘zbekistonda joriy etish muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida Malayziyaning “Strategik Horizon Managemet System” kompaniyasining bosh maslahatchisi Sayful Bahri bin Saroniy va “Abkari Risk management” kompaniyasi direktori Idrus bin Mat Nayan bilan uchrashishgan.

Sayful Bahri O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarining islomiy moliyaviy xizmatlarga qiziqishi ortayotganini va islomiy sug‘urtani rivojlantirish uchun salohiyat mavjudligini ta’kidlagan.

Malayziyalik ekspertlar bu tajribani xususiy sug‘urta kompaniyalarida qo‘llashni taklif qilgan. O‘zbekistonda alohida takaful xizmatlarini tashkil qilish rejalashtirilgan.

Malayziya hukumatiga qarashli “Syarikat Takaful Malaysia Bhd.”, “Takaful Ikhlas Sdn. Bhd.” va “ETIQA Takaful Bhd.” islomiy sug‘urta kompaniyalarini O‘zbekiston davlat sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikka jalb qilish masalasini ko‘tarilgan.

Takaful sug‘urtasining oddiy sug‘urtadan farqi unda maxsus sug‘urta jamg‘armasi yaratiladi. Fond ishtirokchilari oldindan kelishilgan tartibda sug‘urta badallarini jamg‘armaga o‘tkazadi. Jamg‘arma o‘z a’zolarining zararini ushbu mablag‘ hisobidan qoplaydi. Yil oxirida sug‘urta ortiqcha mablag‘ning bir qismi keyingi yillarga zaxira sifatida olib qo‘yilishi yoki jamiyat nizomiga asosan ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.

Kiritildi: 13:04 06.10.2024. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!