Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda maktablardagi darslar 2 sentyabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktablardagi darslar 2 sentyabrdan boshlanadi

O‘zbekistondagi barcha maktablarda 2025/2026-o‘quv yili uchun darslar 2 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar qildi.

Dars jarayonlari 2 sentyabr, seshanba kunidan boshlanib, birinchi dars soatlarida «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida «Kelajak soati» darslari o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat «Prezident sovg‘asi» tantanali topshiriladi.

Oliygohlarda 1-bosqich talabalariga darslar 3 sentyabrdan, yuqori kurslarga 8 sentyabrdan boshlanishi xabar qilingandi. Shuningdek, akademik liseylarning barcha bosqich o‘quvchilari ham 3 sentyabrdan darslarda qatnasha oladi.

Kiritildi: 22:55 25.08.2025. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!